Norvegiyaning Tehrondagi elchisi Pol Byornestad Starlink sun’iy yo‘ldosh internet xizmati tufayli Eron Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi.
Bu haqda Eronning Fars axborot agentligiga tayanib xabar bermoqda.
Diplomatga AQSh va Isroil Eronga qarshi Starlink sun’iy yo‘ldosh internetidan foydalanayotgani haqida xabar berilgan.
Nashrning ta’kidlashicha, Byornestadga Starlink tarmog‘i Xalqaro telekommunikasiya ittifoqida ro‘yxatdan o‘tgan mamlakat sifatida Norvegiya ushbu tizimning Eron hududiga ruxsatsiz kengayishining oldini olishga majbur ekanligi haqida xabar berilgan.
"Eron Norvegiya hukumatidan Eron suvereniteti va milliy xavfsizligini buzadigan faoliyatni to‘xtatish uchun shoshilinch va samarali choralar ko‘rishni talab qildi", deb xabar beradi Fars.