Kecha tunda Suriyaning markaziy qismida joylashgan Xoms viloyatining g‘arbiy qismida bir qator havo hujumlari uyushtirildi.
Bu haqda Turkiyaning "Anadolu" agentligi shanba kuni yozgan.
Zarbalar mahalliy vaqt bilan 3:35 atrofida Jubaniya, Nayem va Xuz tumanlaridagi bir qancha strategik nishonlarga berilgan. Samolyotlar kimga tegishli ekanligi hozircha aniqlanmagan.
Mahalliy manbalarga ko‘ra, hujumlar ko‘priklar, harbiy shtablar va avtomobil karvonlarini nishonga olgan. Bu hududlar Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan guruhlar tomonidan Suriyadan Livanga harbiy texnika va jangchilarni o‘tkazish uchun foydalaniladi, deb yozadi agentlik.
Ta’kidlanishicha, hukumat havo hujumidan mudofaa tizimlari hujumchi samolyotni qaytarishga urinib ko‘rmadi.
Guvohlar portlashlar natijasida ko‘plab qurbonlar va jarohatlanganlar haqida xabar berishmoqda, biroq aniq raqamlar hali e’lon qilinmagan.
Avvalroq Suriyada Eron qo‘llab-quvvatlagan kuchlarga qarshi zarbalar bergan Isroil ham, prezident Bash Asad hukumati ham hozircha voqea yuzasidan izoh bergani yo‘q. Shu bilan birga, hukumatga yaqin manbalar Hizbulloh va Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan boshqa guruhlar faol bo‘lgan g‘arbiy Homsda “kuchli portlashlar” sodir bo‘lganini tasdiqladi.