Bugun 2 fevral, 2026 yil, dushanba

КИР

Nodirbek Abdusattorov: "Yillar davomida g‘alabaga juda yaqin kelib, har safar biroz yetmay qolardi"

Nodirbek Abdusattorov: "Yillar davomida g‘alabaga juda yaqin kelib, har safar biroz yetmay qolardi"

Xabaringiz bor, kecha o‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov nufuzli "Tata Steel Chess 2026" Masters turniri g‘olibiga aylandi.

Hamyurtimiz mazkur yirik g‘alabadan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"So‘z bilan ifodalab bo‘lmaydigan darajada xursandman. Bu juda uzoq yo‘l bo‘ldi. Yillar davomida g‘alabaga juda yaqin kelib, har safar biroz yetmay qolardi. Nihoyat, bu turnirda — yana juda chiroyli uslubda — g‘alaba qozondim. Bu faoliyatimdagi eng muhim lahzalardan biri. Bolaligimda aynan shu turnirda chempion bo‘lishni orzu qilardim. Endi esa bu orzu amalga oshdi.

O‘zimga shunchaki: "Bu yil o‘tkazib yuborish mumkin emas", dedim. Bor kuchimni, oxirgi energiyamni berdim. Hozir esa bir tomondan ulkan yengillik, ikkinchi tomondan esa cheksiz baxtni his qilyapman", deydi Abdusattorov.

Kiritildi: Bugun 19:07. O'qildi: 250 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!