Bugun 30 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

Ronaldu Portugaliyadagi eng qimmat uyni sotib oldi

Ronaldu Portugaliyadagi eng qimmat uyni sotib oldi

Portugaliyalik superyulduz Krishtianu Ronaldu ko‘chmas mulkka sarmoya kiritishni davom ettirmoqda. Ilgari Saudiya Arabistoni sohili yaqinidan xususiy orol sotib olgan futbolchi, endi esa vatani Portugaliyadagi eng qimmat uy egasiga aylandi.

Ronaldu Kashkays shahrida, Lissabon yaqinida joylashgan, besh ming kvadrat metrdan ortiq hududga ega hashamatli villani xarid qildi. Uyda ikki basseyn mavjud, ichki bezaklarda oltin elementlar qo‘llangan. Bu hudud Portugaliyadagi eng qimmat manzil hisoblanadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Ronalduning umumiy boyligi 500 million yevroda ortiq. Uning ijtimoiy tarmoqlardagi bitta posti ham yuz minglab yevro daromad keltirishi mumkin.

Kiritildi: Bugun 15:00. O'qildi: 343 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!