Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov bugundan nufuzli musobaqada o‘z ishtirokini boshlaydi

Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov bugundan nufuzli musobaqada o‘z ishtirokini boshlaydi

Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov dunyoning eng kuchli shaxmatchilari bilan bahslarga kirishadi. Germaniyaning Vayssenxaus shahrida "2025 Freestyle Chess Grand Slam" musobaqasi bugundan start oladi.

Turnirda 10 nafar shaxmatchi ishtirok etadi va uning mukofot jamg‘armasi — 750.000 dollar.

Musobaqa formati:

Davra bosqichi. Aylana tizimda bir shaxmatchi qolgan hamma ishtirokchilar bilan rapid formatida bellashadi va top-8 ishtirokchilar pley-off bosqichiga yo‘l oladi.

Pley-off bosqichida har bir match ikki klassik partiyadan iborat bo‘ladi. Agar 2 match natijasiga ko‘ra hisob teng bo‘lsa, g‘olib taybrekda aniqlanadi. Vaqt nazorati: 90 daqiqa + har bir yurishga 30 soniya (90+30).

Turnir tarkibi bilan tanishing:

GM Javohir Sindarov (O‘zbekiston)
GM Nodirbek Abdusattorov (O‘zbekiston)
GM Magnus Karlsen (Norvegiya)
GM Levon Aronian (AQSh)
GM Vinsent Keymer (Germaniya)
GM Gukesh Dommaraju (Hindiston)
GM Fabiano Karuana (AQSh)
GM Hikaru Nakamura (AQSh)
GM Alireza Firuzja (Fransiya)
GM Vladimir Fedoseev (Rossiya)

Kiritildi: 10:33 07.02.2025. O'qildi: 569 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!