Bugun 10 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Nodirbek Abdusattorov «Sharja Masters» musobaqasida 3-o‘rinni egalladi

Nodirbek Abdusattorov «Sharja Masters» musobaqasida 3-o‘rinni egalladi

Joriy yilning 17-25 may kunlari BAAning Sharja shahrida an’anaviy «Sharja Masters» musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistonning 4 nafar shaxmatchisi ishtirok etdi — Nodirbek Abdusattorov, Jahongir Vohidov, Ortiq Nig‘matov va Muhiddin Madaminov.

Nodirbek Abdusattorov turnirda 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. U o‘tkazilgan 9ta o‘yinda 6,5 ochko jamg‘ardi. Hamyurtimiz 4 o‘yinda g‘alaba qozongan bo‘lsa, 5 ta bahsda durang qayd etdi. Nodirbek 7 ming AQSh dollari bilan mukofotlandi.

Niderlandiyalik Anish Giri 7 ochko bilan musobaqa g‘olibi bo‘ldi. U 7 ochko jamg‘ardi. 6,5 ochko jamg‘argan Aleksandar Injich (Serbiya) esa 2-pog‘onani band etdi.

Turnirda Ortiq Nig‘matov 4,5 ochko bilan 34-o‘rinni egallagan bo‘lsa, Jahongir Vohidov 4 ochko bilan 60-qatorni band etdi. Muhiddin Madaminov esa musobaqada 3,5 ochko to‘pladi va 66-pog‘onada qoldi.

Kiritildi: 20:00 27.05.2025. O'qildi: 415 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!