Bugun 22 fevral, 2025 yil, shanba

КИР

Nodirbek Abdusattorov FIDE reytingida ilk marta top-15talikka kirdi

Nodirbek Abdusattorov FIDE reytingida ilk marta top-15talikka kirdi

Germaniyaning Dyusseldorf shahrida o‘tkazilayotgan shaxmat bo‘yicha nufuzli «WR Chess Masters» turnirining 2-turi Nodirbek Abdusattorov rossiyalik Andrey Yesipenkoga qarshi o‘yinda g‘alabaga erishgach, FIDE reytingida 14-o‘ringa ko‘tarilishga muvaffaq bo‘ldi.

Hamyurtimiz turnirning dastlabki 2ta o‘yinida qo‘lga kiritilgan durang va g‘alaba tufayli o‘z hisobini 7,7 reyting balliga boyitdi. Natijada Abdusattorovning reytingdagi ballarini 2741,7 ochkoga yetkazdi hamda birdaniga 4 pog‘ona yuqorilab, 14-o‘ringa joylashdi.

18 yoshli hamyurtimiz bugun turnirning 3-turi doirasida FIDE reytingida 16-pog‘onani band etib turgan Levon Aronyan (AQSh)ga qarshi qora donalarda o‘ynaydi.

Nodirbek Abdusattorov FIDE reytingida ilk marta top-15talikka kirdi

Kiritildi: 17:06 18.02.2023. O'qildi: 1622 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!