Bugun 5 avgust, 2025 yil, seshanba

КИР

Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga oid nizom tasdiqlandi

A A A
Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga oid nizom tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan ijtimoiy foydali dasturlar va loyihalar amalga oshirilishida ijtimoiy sheriklik hamda xalqaro hamkorlikni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga ko‘ra, nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan tashqi manbalardan pul mablag‘lari va mol-mulk olinishini kelishish hamda tashqi manbalardan moliyalashtiriladigan loyihalarni O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Qarorda respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari 2023 yil 15 oktyabrga qadar, 2024 yildan boshlab har yili 1 yanvarga qadar nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish bo‘yicha mas’ul etib belgilangan rahbar o‘rinbosari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni (F.I.O., lavozimi, telefon raqami, elektron pochta manzili) O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etib borish belgilangan.

Adliya vazirligi taqdim etilgan ma’lumotlarni Nodavlat notijorat tashkilotlari elektron portalida joylashtirilishini hamda doimiy ravishda yangilab borilishini ta’minlaydi.

2024 yil 1 yanvarga qadar portalda nodavlat notijorat tashkilotlari va keng jamoatchilik uchun ochiq bo‘lgan quyidagi ma’lumotlarni joylashtirish imkoniyati yaratiladi:

respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish bo‘yicha mas’ul etib belgilangan rahbar o‘rinbosarlari haqida ma’lumotlar;

nodavlat notijorat tashkilotlarining tashqi manbalardan moliyalashtirilgan loyihalarini amalga oshirish natijasi to‘g‘risida ma’lumotlar;

nodavlat notijorat tashkilotlari uchun e’lon qilingan xalqaro grant tanlovlari haqida ma’lumotlar;

pul mablag‘lari va mol-mulk olinishini kelishish talab etilmaydigan O‘zbekiston Respublikasi a’zo bo‘lgan xalqaro tashkilotlar va ularning ixtisoslashtirilgan muassasalari ro‘yxati.

Vazirlar Mahkamasining ushbu qarori jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi moliyaviy choralarni ishlab chiqish guruhi (FATF) standartlarining sakkizinchi tavsiyasini O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga implementasiya qilish, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlarining ijtimoiy foydali dasturlari va loyihalarida ijtimoiy sheriklik hamda xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish imkonini beradi.

Kiritildi: 18:34 05.10.2023. O'qildi: 2058 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!