Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Nima uchun 128 millionlik «Cobalt»ning puli iste’molchiga qaytarildi?

Nima uchun 128 millionlik «Cobalt»ning puli iste’molchiga qaytarildi?

So‘nggi yillarda aholi o‘rtasida avtomashinaga bo‘lgan talab borgan sari ortib bormoqda. Shu sababli tadbirkorlar xaridorga qulaylik yaratish maqsadida turli to‘lov usullarini taklif qilishyapti. Kimdir naqd pulga xarid qilsa, kimdir kredit yoki lizingga olishni ma’qul ko‘radi. Albatta barcha o‘z imkoniyat doirasida tanlov qiladi. Ammo bularning barchasi birdek ishonchlimi? Barcha avtosalonlar ham xaridor bilan tuzilgan shartnoma shartlarini to‘liq bajaryaptimi?  Afsuski, unday emas. 

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida  istiqomat qiluvchi fuqaro Isroilov Anvar Yakubovich ana shunday muammoga duch kelgan. Ya’ni u 2018 yil 17 may kuni«UMID SAVDO FAYZ INVEST» MCHJ bilan «COBALT» rusumli avtomashinani lizing asosida xarid qilish uchun shartnoma tuzgan. Ammo, MCHJ tomonidan shartnoma shartlari buzilganligi sababli fuqaro O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamoyatlari federasiyasiga Cobalt uchun to‘langan 128. 848 740 million so‘m pul mablag‘ini qaytarib olib berishda amali yordam berishini so‘raydi. Murojaat asosida Federasiya fuqaro manfaatini ko‘zlab, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar  Yakkasaroy tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritdi. Sud qaroriga binoan javobgar, «UMID SAVDO FAYZ INVEST» MCHJ  nohaq deb topilib, fuqaro foydasiga 128 milliondan ortiq mablag‘ undirib berildi. 

"Hurmatli iste’molchilar, agar siz ham shunga o‘xshash muammoga duch kelsangiz, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasining 1091 qisqa «ishonch telefoni»ga yoki Istemol.uz sayti orqali  murojaat qiling. Unutmang, iste’molchi huquqlari qonun himoyasida!", deb yozadi O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi matbuot xizmati.

Kiritildi: 12:28 27.01.2021. O'qildi: 3796 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!