Shvesiya terma jamoasi hujumchisi Aleksander Isak «Liverpul» futbolchisiga aylandi. Bu transfer haqida Angliya amaldagi chempionining rasmiy saytida ma’lum qilindi.
«Nyukasl» matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Isakning transferi Angliya Premyer-ligasi tarixida rekord hisoblanadi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, kelishuv qiymati 125 mln funt (145 mln yevro)ni tashkil etdi. Transfer yozgi oyna yopilishidan oldingi oxirgi kunda, tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tgach, amalga oshirildi.
Aleksander Isak 2022 yil yozidan beri «Nyukasl» safida to‘p surib kelayotgan edi. U jami 86 ta APL uchrashuvida 54 ta gol urdi va 10 ta golli uzatma berdi. Yangi jamoasida shved forvardi 9-raqam ostida o‘ynaydi.