Nigeriyaning sobiq prezidenti Muhammad Buxoriy 82 yoshida London kasalxonasida vafot etdi.
Bu haqda mamlakat sobiq rahbarining matbuot kotibi Garba Shexu ma’lum qilgan.
"Sobiq prezident Muhammad Buxoriyning oilasi uning vafotini e’lon qildi", deb yozadi u X ijtimoiy tarmog‘ida.
Muhammad Buxoriy Nigeriyani 1983 yildan 1985 yilgacha boshqargan, 2015 yilda hokimiyatga qaytgan, shundan so‘ng u sakkiz yil davomida bu lavozimda ishlagan.