Nigeriyaning markaziy Plato shtatida noma’lum jangarilar guruhining hujumi oqibatida 40 dan ortiq kishi halok bo‘ldi. Bu ma’lumotni dushanba kuni mamlakat prezidenti Bola Tinubu tasdiqladi, deb xabar beradi Sinxua.
“Yakshanba kuni kechqurun qurollangan shaxslar Plato shtatidagi Zike jamoasiga bostirib kirib, aholiga qarata o‘t ochdi”, – deya ma’lum qildi mahalliy hukumat.
Dushanba kuni kechqurun e’lon qilgan bayonotida Tinubu voqeadan "chuqur afsusda" ekanligini bildirdi va xavfsizlik idoralariga hujum uchun javobgarlarni aniqlash uchun tergov o‘tkazishni buyurdi.