Nigeriyalik bokschi Ayk Ibeabuchi 26 yillik tanaffusdan so‘ng ilk jangida g‘alaba qozondi.
Bu haqda "TASS" xabar bermoqda.
Nigeriyaning Lagos shahrida bo‘lib o‘tgan jangda Ibeabuchi o‘z hamyurti Idris Afineni mag‘lub etdi.
Jangdan so‘ng Ibeabuchi og‘ir vaznda mutlaq jahon chempioni, ukrainalik Aleksandr Usikkani jangga chorladi.
Ibeabuchi 52 yoshda, 21 g‘alaba va mag‘lubiyat yo‘q. 1999 yilda sportchi zo‘rlash va tan jarohati yetkazishda ayblanib, qamoq jazosiga hukm qilingan. U 2015 yilda ozodlikka chiqqan.