Bugun 6 fevral, 2025 yil, payshanba

КИР

Nigeriyada yoqilg‘i tashuvchining portlashi oqibatida 70 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada yoqilg‘i tashuvchining portlashi oqibatida 70 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Yoqilg‘i tashuvchi avtohalokatga uchrab, ag‘darilib ketgan. Benzin YTH sodir bo‘lgan joydagi boshqa avtomobil ustiga ham quyilib, generatorga tushgan va u yerdan chiqqan uchqun sabab portlash va yong‘in sodir bo‘lgan.

Hodisada turli darajada tan jarohati olganlar soni 50 nafardan oshgan.

Rasmiylarning bildirishicha, hodisa qurbonlarining aksariyati kambag‘al aholi vakillari bo‘lgan: ular to‘kilgan benzinni idishlariga quyib olayotgan bo‘lishgan.

Qayd etilishicha, bu turdagi yuklarni tashish uchun temir yo‘l tizimining yo‘qligi mamlakatda ayrim baxtsiz hodisalarga sabab bo‘lmoqda. Misol uchun, o‘tgan yilning oktyabr oyida ham Jigava shtatida xuddi shunday portlash sodir bo‘lib, 147 kishi halok bo‘lgan edi.

Kiritildi: 01:10 20.01.2025. O'qildi: 584 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!