Nigeriya markazidagi Niger shtatida yoqilg‘i tashuvchi tankerning portlashi oqibatida kamida 35 kishi halok bo‘ldi, 46 kishi jarohat oldi, deya xabar beradi Sinxua.
Yo‘l harakati xavfsizligi federal korpusi qo‘mondoni Ayshatu Saaduning so‘zlariga ko‘ra, portlash Katcha tumanidagi Essa qishlog‘ida avtomobil ag‘darilib ketganidan keyin sodir bo‘lgan.
«Ba’zi aholi to‘kilgan yoqilg‘ini yig‘ib olishga uringan paytda portlash sodir bo‘ldi. Ko‘plab odamlar og‘ir kuyish jarohatlarini oldi», — dedi u.
Polisiyaning dastlabki surishtiruvlari natijasida avtohalokat haydovchining avtomashinani boshqara olmagani tufayli sodir bo‘lganini aniqladi.
Niger shtati gubernatori Muhammad Umar Bago bayonotida voqeani "xalq va hukumat uchun juda qayg‘uli va fojiali voqea" deb ta’rifladi
"Bu shtat tarixidagi yana bir hayratlanarli va yurakni ezuvchi voqea. Qurbonlarning oila a’zolariga hamdardlik bildiramiz", - dedi gubernator.
Hozirda portlash oqibatlarini bartaraf va jarohatlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish ishlari olib borilmoqda.