Bugun 1 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Nigeriyada Ebola virusini yuqtirish gumoni bilan ikki holat aniqlandi

Nigeriyada Ebola virusini yuqtirish gumoni bilan ikki holat aniqlandi

Nigeriyaning shimoli-sharqiy hududida Ebola virusini yuqtirish gumoni bilan bog‘liq ikki holat aniqlandi.

Bu haqda Nigeriya kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazi ma’lum qilgan.

Idora ma’lumotlariga ko‘ra, har ikki bemor ham izolyasiyaga joylashtirilgan. Mutaxassislar ular bilan aloqada bo‘lgan shaxslar doirasini aniqlash va tibbiy ma’lumotlarini o‘rganish ishlarini olib bormoqda.

Markaz ta’kidlashicha, hozircha tashxis tasdiqlanmagan. Yakuniy xulosa laboratoriya tekshiruvlari natijalari olinganidan so‘ng e’lon qilinadi.

Aniqlangan holatlar munosabati bilan aholiga sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilishni kuchaytirish va sog‘liqni saqlash organlari ko‘rsatmalariga amal qilish tavsiya etildi.

Kiritildi: Bugun 11:55. O'qildi: 166 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!