Bugun 23 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

Nigeriyada “Boko Haram” guruhining hujumi natijasida 63 kishi halok bo‘ldi

A A A
Nigeriyada “Boko Haram” guruhining hujumi natijasida 63 kishi halok bo‘ldi

Nigeriya shimoli-sharqida “Boko Haram” terrorchilik guruhi hujumi oqibatida 63 kishi, jumladan besh nafar askar halok bo‘ldi.

Bornu shtati gubernatori Babagana Zulum 5 sentyabr kuni hujum sodir bo‘lgan Bama tumanidagi Darajamal qishlog‘iga tashrif buyurib, qurbonlar sonini tasdiqladi va voqeani fojia deb atadi.

“Bu jamoa bir necha oy oldin bu yerga joylashib, oddiy hayot kechirayotgan edi. Afsuski, ular “Boko Haram” tomonidan hujumga uchradi. Tashrifimizning maqsadi — xalqni qo‘llab-quvvatlash va ularning mustahkamligini oshirish”, — dedi Zulum.

Gubernator mintaqadagi beqarorlikka qarshi kurash qiyinligini qayd etib, zaif jamoalarni himoya qilish uchun tezlik bilan ko‘proq armiya bo‘linmalarini safbarvar etishga chaqirdi.

Bir kun avval Nigeriya harbiy-havo kuchlari Bama hududidagi Dar al-Jamol qishlog‘iga havo hujumi chog‘‘ida 30 nafar jangarini yo‘q qilganini ma’lum qilgan edi.

“Boko Haram” 2000-yillarning boshidan buyon Nigeriyada faoliyat yuritib keladi. 2009-yildan beri guruh keng ko‘lamli hujumlari natijasida o‘n minglab odamlarning o‘limiga sabab bo‘ldi.

2015-yildan buyon jangarilar o‘z harakatlarini Nigeriyadan tashqariga kengaytirib, qo‘shni Kamerun, Chad va Nigerga ham hujum qildi. Chad ko‘li hududida amalga oshirilgan hujumlar kamida 2000 kishining hayotiga zomin bo‘ldi.

Terror hujumlari va qurolli to‘qnashuvlar sabab yuz minglab nigeriyaliklar uylarini tashlab ketishga majbur bo‘lgan.

Kiritildi: 17:22 07.09.2025. O'qildi: 1104 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!