Nigeriya Qurolli Kuchlari mamlakat shimoli-sharqida o‘tkazilgan operasiya davomida terrorchilar tomonidan qo‘lga olingan 36 nafar tinch aholini ozod qildi.
Bu haqda Nigeriya armiyasi Bosh shtabi vakili general-mayor Maykl Onoja ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, harbiylar Borno va Yobe shtatlarida bir nechta ekstremistik bazalarni yo‘q qilishdi, garovga olinganlarni ozod qilishdi va ko‘p miqdorda qurol-yarog‘ va o‘q-dorilarni musodara qilishdi.
Borno shtatida Boko Haram va G‘arbiy Afrikadagi Islomiy Davlat (ISWAP) guruhlariga qarshi Hadin Kay operasiyasi o‘tkazildi.