Niger g‘arbidagi qishloqlardan birida qurollangan shaxslar 22 nafar fuqaroni o‘ldirdi. Bu haqda xorijiy OAV mahalliy manbalarga tayanib xabar berdi.
"Tillaberi tumanida motosiklda qurollangan shaxslarning hujumi oqibatida 22 qishloq aholisi halok bo‘ldi", — deyiladi manbalar. Ularga ko‘ra, hujumchilar dastlab Takubat qishlog‘ida diniy marosim chog‘ida o‘t ochishgan va 15 kishi halok bo‘lgan. Keyin ular qishloq yaqinida yana yetti kishini o‘ldirishdi.