Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Niderlandiyadagi katta yong‘inda 40 dan ortiq avtomobil yonib ketdi

A A A
Niderlandiyadagi katta yong‘inda 40 dan ortiq avtomobil yonib ketdi

Niderlandiyaning Shimoliy Gollandiya provinsiyasidagi Reysenxaut qishlog‘idagi avtoturargohda kecha sodir bo‘lgan katta yong‘inda kamida 40-50 avtomobil yonib ketdi.

Bu haqda NOS telekanali ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, avtoturargohdan tez-tez yaqin atrofdagi “Sxipxol” aeroportining yo‘lovchilari foydalangan va u yerda o‘z mashinalarini qoldirishgan. Yong‘in haqidagi ilk ma’lumotlar mahalliy vaqt bilan soat 03:00da kela boshlagan. Soat 06:45 ga kelib favqulodda vaziyatlar xizmati yong‘inni katta darajada nazoratga oldi.

Hozirda huquq-tartibot idoralari yong‘in sabablarini aniqlash ustida ishlamoqda. Avtoturargoh joylashgan ko‘cha bo‘ylab transport harakati to‘sib qo‘yilgan.

Kiritildi: 14:27 11.11.2024. O'qildi: 1050 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!