Bugun 10 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Niderlandiyada havo sharining qattiq qo‘nishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

Niderlandiyada havo sharining qattiq qo‘nishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

Niderlandiyaning Frizland provinsiyasida havo sharining qattiq qo‘nishi natijasida bir kishi halok bo‘ldi, olti kishi jarohatlandi.

Bu haqda NOS telekanali mintaqaviy favqulodda vaziyatlar xizmatlariga tayanib xabar berdi.

Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa De-Xeve qishlog‘i yaqinidagi dalada mahalliy vaqt bilan 21:00 da sodir bo‘lgan. Niderlandiya qirollik aviasiya assosiasiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, qo‘nishga yaqinlashish vaqtida kuchli shamol tufayli havo shari keskin tushib ketgan, natijada savat sakray boshlagan va undan besh kishi tushib ketgan. Jarohatlanganlar shifoxonalarga yetkazilgan.

Voqea sodir bo‘lgan vaqtda havo sharida 34 kishi bo‘lgan.

Voqea joyiga 2 ta tibbiy vertolyot, 14 ta tez tibbiy yordam mashinasi, mobil tibbiy brigada va Qizil Xoch jamiyatining tez yordam guruhi jo‘natildi.

Hodisa holatlari aviasiya polisiyasi tomonidan o‘rganilmoqda.

Kiritildi: 10:10 14.08.2025. O'qildi: 782 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!