Bugun 5 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

Niderlandiya qirolichasi mamlakat qurolli kuchlari zaxirasi safiga ro‘yxatdan o‘tkazildi

Niderlandiya qirolichasi mamlakat qurolli kuchlari zaxirasi safiga ro‘yxatdan o‘tkazildi

Qisqa muddatli harbiy tayyorgarlik kursidan so‘ng, qirolicha armiyada qisman xizmat qilishi rejalashtirilgan.

Ma’lum qilinishicha, 54 yoshli qirolicha Maksima hali ariza berishga ulguradi. Chunki Niderlandiya Mudofaa vazirligida qisman xizmat uchun maksimal yosh chegarasi 55 yosh qilib belgilangan.

Qirollik oilasi vakillarining so‘zlariga ko‘ra, Maksima mamlakat xavfsizligini ta’minlashga o‘z xissasini qo‘shish uchun harbiy xizmat o‘tashga qaror qilgan.

NLTimes nashrining qayd etishicha, zaxiradagilar Niderlandiya qurolli kuchlarining moslashuvchan kadrlar zaxirasini tashkil etib, ular asosan favqulodda vaziyatlarda jalb qilinadi. Qirolicha aynan qaysi qo‘shinda xizmat qilishi hozircha noma’lum.

Maksima qirollik oilasining armiyada xizmat qilayotgan birinchi vakili emas. Yaqinda taxt vorisi, malika Amaliya Defensity College'da umumiy harbiy tayyorgarlik kursini tamomlab, kapral unvoniga sazovor bo‘ldi.

Niderlandiya Mudofaa vazirligi hozirda keng ko‘lamli yollash kampaniyasini olib bormoqda. Vazirlik harbiylar sonini 2030 yilga borib 80 ming nafardan 100 ming nafarga, kelajakda esa 200 ming kishiga yetkazishni rejalashtirgan.

Kiritildi: Bugun 13:55. O'qildi: 244 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!