Nashrning xabar berishicha, Niagara sharsharasidan Nyu-Yorkka sayyohlarni olib ketayotgan avtobus yo‘ldan chiqib ketib, ag‘darilgan. Hodisa oqibatida 5 kishi, jumladan bir bola halok bo‘lgan, o‘nlab odamlar jarohatlangan. Avtobusda jami 52 kishi bo‘lgan.
Nyu-York shtati polisiyasi qurbonlar soni yanada oshishi mumkinligini bildirdi.
Mahalliy hokimiyat xabariga ko‘ra, jarohat olganlarga tarjimonlar yordam bermoqda, chunki jabrlanganlarning aksariyati Hindiston, Xitoy va Filippindan kelgan sayyohlar hisoblanadi.
Halokat sabablari hozircha noma’lum. Guvohlarning aytishicha, avtobus boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘lga o‘tib ketgan va ag‘darilgan.