Braziliyaning "Santos" klubiga qaytgan yulduz hujumchi Neymar mavsum yakunida MLSga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda insayder Xose Alvares Xayining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qilindi.
Braziliyalik futbolchi faoliyatini davom ettirishi mumkin bo‘lgan variant "Inter Mayami" bo‘lib, u yerda Lionel Messi, Luis Suares, Serxio Buskets va Jordi Alba bilan birlashishi mumkin. Bungacha futbolchilar birgalikda Kataloniyaning "Barselona" jamoasida to‘p tepishgan.
Neymar "Santos"ga Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubidan erkin agent sifatida o‘tdi. Hujumchining braziliyaliklar bilan mehnat shartnomasi 2025 yilning iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.