Jahon chempionatida Braziliya terma jamoasining musobaqani tark etishi Neymar uchun og‘ir kechdi. Mag‘lubiyatdan keyin u tasallini poker o‘yini va qimmatbaho xaridlarda izlayotgani aytilmoqda.
Braziliyaning suv transportiga ixtisoslashgan Nautica nashri yozishicha, yaqin kunlarda mashhur futbolchi qiymati kamida o‘n to‘qqiz million yevro turadigan hashamatli yaxta sotib oldi.
Uzunligi 46 metr bo‘lgan bu kema palubasiga vertolyot qo‘nish imkoniyatiga ham ega.
Neymar yangi yaxtasiga Enejota deb nom berdi. Bu nomning ma’nosi oddiy: «Ene» – N harfini, «jota» esa J harfini anglatadi.
Ya’ni NJ – Neymar Junior qisqartmasi. Shunday qilib, futbolchi o‘zining yangi dengiz «qirolichasi»ni o‘zi sharafiga nomlagan.