Ukrainaning Zaporojye viloyatida Rossiya aviazarbalari natijasida uch kishi halok bo‘ldi va yana 15 kishi yaralandi.
Bu haqda Zaporojye viloyat harbiy ma’muriyati rahbari Ivan Fyodorov e’lon qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya kuchlari Zaporojye tumanida yetti marta zarba bergan. Hujumlar natijasida xususiy uylarga zarar yetgan.
"Ikki kishi halok bo‘ldi. Yana 15 kishi, jumladan, bir bola yaralandi", dedi Fyodorov.
Keyinroq Zaporojye viloyat harbiy ma’muriyati rahbari Rossiya hujumida yana bir kishi halok bo‘lganini aniqlik kiritdi.