Neymar koronavirusga chalindi.
"Santos"ning ma’lum qilishicha, 33 yoshli hujumchi koronavirusga chalingani sababli umumiy guruhda mashg‘ulot o‘tkazmayapti.
"Santos" futbol klubi tibbiy bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvdan so‘ng, Neymar COVID-19 infeksiyasini tasdiqlovchi laboratoriya tahlillarini topshirdi.
Futbolchi payshanba kuni kasallik alomatlari paydo bo‘la boshlaganidan beri mashg‘ulot o‘tkazmayapti va hamon uyda dam olmoqda va shifokor ko‘rsatmalariga muvofiq simptomatik davolanmoqda," - deyiladi klub bayonotida.
Neymar shu yilning yanvar oyi oxirida "Santos"ga qaytdi. O‘shandan beri u barcha turnirlarda 14 ta o‘yin o‘tkazdi. Futbolchining shartnomasi 30 iyungacha amal qiladi.