"Santos" va Braziliya terma jamoasi yulduzi Neymar yana Yevropaga qaytishi mumkin.
Fanatik nashri xabariga ko‘ra, 33 yoshli braziliyalikni "Fenerbaxche" o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin. Turk klubi yulduzga 1 yillik shartnoma taklif qilish haqida o‘ylamoqda.
Neymarning "Santos" bilan amaldagi shartnomasi 30 iyun kuni yakunlanadi. Tomonlar uni yana 1 yilga uzaytirishni muhokama qilayotgan edi.