Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

Netanyaxu yana sulhni buzishga urinyaptimi?

 Netanyaxu yana sulhni buzishga urinyaptimi?

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning idorasi Falastinning XAMAS harakati kelishuvdagi ba’zi bandlarni rad etayotganini va "so‘nggi daqiqada inqirozni keltirib chiqarayotganini" da’vo qilmoqda. Falastin harakati Isroil tomonining ayblovlarini rad etdi.

Netanyaxuning idorasi bayonotda, Isroil vazirlar mahkamasi kelishuv to‘liq qabul qilinmaguncha yig‘ilmasligini ta’kidlab, "Hamas kelishuvlardan voz kechmoqda va bitim tuzishga to‘sqinlik qiladigan so‘nggi daqiqa inqirozini yaratmoqda".

Hamas siyosiy byurosi a’zosi Izzat al-Rishek ayblovlarni rad etib, Falastin harakati vositachilar tomonidan bir kun oldin e’lon qilingan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga sodiq ekanini ta’kidladi.

Sami Abu Zuhri, HAMASning yuqori martabali yetakchilaridan biri: “Netanyaxuning harakat o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvidan voz kechganligi haqidagi da’volariga hech qanday asos yo‘q. Ishg‘ol tanqidiy bir paytda keskinlik holatini yaratmoqchi va biz undan kelishuvni amalga oshirishni talab qilamiz”.

Zuhri "AQShning hozirgi va bo‘lajak ma’muriyatini bosqinchilarni kelishuvga rioya qilishga majburlashga" chaqirdi: "Isroilning G‘azo sektoridagi kuchayishi Netanyaxuning kelishuvni buzishga qaratilgan umidsiz urinishidir".

Kiritildi: 13:07 17.01.2025. O'qildi: 702 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!