Falastinning XAMAS harakati tomonidan Qatarning G‘azo sektoridagi kelishuv bo‘yicha taklifiga kiritilgan o‘zgartirishlar Isroil uchun nomaqbuldir.
Bu haqda yahudiy davlati bosh vaziri Benyamin Netanyaxu idorasi bayonotida aytilgan.
"XAMAS tomonidan Qatar taklifiga kiritilgan tuzatishlar bizga yetkazildi va Isroil uchun qabul qilinishi mumkin emas", — deyiladi bayonotda.
Ofisning qo‘shimcha qilishicha, Netanyaxu "bilvosita muloqot formatidagi muzokaralar taklifiga javob berish va Qatar tashabbusi asosida garovga olinganlarni qaytarish bo‘yicha aloqalarni davom ettirish haqida ko‘rsatma bergan", shu munosabat bilan Isroil delegasiyasi 6 iyul kuni "Qatardagi uchrashuvga" uchadi.