Isroil bosh vaziri bu qaror tarixiy burilish nuqtasi bo‘lib, Yaqin Sharq uchun yangi tinchlik va farovonlik davriga qadam bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.
«Tarixda yoziladiki, prezident Tramp dunyodagi eng xavfli rejimni eng xavfli quroldan mahrum qilish uchun harakat qildi», — dedi Netanyaxu o‘z murojaatida va hujumlar «Amerika haqiqatan ham tengsiz ekanini namoyish etdi», deb qo‘shib o‘tdi.
U, shuningdek, Isroilliklarga murojaat qilib, Eronning yadroviy ob’ektlarini yo‘q qilish bo‘yicha va’dasini «bajarganini» bildirdi.
Javoban, Tramp ham murojaatida Netanyaxuni tabriklab, ular jamoa sifatida ishlaganlarini, «balki oldin hech bir jamoa shunday ishlamagan», dedi.