Bugun 14 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Marg‘ilonda Jentra ko‘chada o‘ynab o‘tirgan yosh bolani bosib ketdi

Marg‘ilonda Jentra ko‘chada o‘ynab o‘tirgan yosh bolani bosib ketdi

Ko‘p qavatli uylar oralab harakatni boshlagan avtomobil yo‘l chetida o‘ynab o‘tirgan bolaning ustidan yurib o‘tgan – mashinaning old g‘ildiragi jabrlanuvchining ko‘krak qismini, orqa g‘ildiragi esa tos qismini bosib o‘tgan, haydovchi ayol bolaning baqirishini ham eshitmay, bamaylixotir o‘z yo‘lida davom etib, hodisa joyidan ketib qolgan.

Ushbu holat ko‘chaga o‘rnatilgan kuzatuv kameralarida yozib qolingan.

Hodisa joriy yilning 10 may kuni sodir bo‘lgan. 2,5 yoshli bolaning hayoti saqlab qolingan

«Nevaramning tos suyaklari 3 joyidan sindi. Bir oy to‘shakka mixlanib yotdi. Hozir ham o‘zida emas. Haydovchi ayol esa pinagini buzgani ham yo‘q. Olti oy davomida yaxshi bo‘ladi deyishdi. Lekin batamom yaxshi bo‘lib ketishiga hech kim kafolat bermaydi», deydi bolaning buvisi suhbatda.

Kiritildi: 21:25 13.07.2025. O'qildi: 945 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!