Bugun 14 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Slovakiya Rossiyaga nisbatan qaroridan qaytishi mumkin

Slovakiya Rossiyaga nisbatan qaroridan qaytishi mumkin

Slovakiya Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi 18-sanksiyalar paketini qo‘llab-quvvatlashi mumkin. Mamlakat avvalroq bunga qarshi chiqqan edi. Ammo Bratislava buning uchun ittifoqchilari oldiga shart qo‘ymoqda. Unga ko‘ra, Slovakiyaga rus gazini sotib olishda davom etishi uchun imkon berilishi kerak.

12 iyul kuni jurnalistlar bilan gaplashgan Slovakiya bosh vaziri Robert Fiko sanksiyalar paketiga qo‘yilgan blok yechilishining asosiy sharti sifatida Rossiya gaziga taqiq yumshatilishi kerakligini ta’kidladi.

“Biz bu kurashda hech bo‘lmaganda biror narsa yutishimiz kerak, albatta, 100-0 bo‘lmaydi”, dedi Fiko.

Uning aytishicha, bu masala Germaniya va Fransiya rahbarlari bilan muhokama qilingan. Fiko Slovakiya Yevrokomissiya va YEI davlatlaridan siyosiy kafolatlar olishni istayotganini bildirdi.

“Biz bu masalani seshanbagacha hal qilishni xohlaymiz, chunki barcha tomonlarda keskinlik ortib boryapti”, deya qo‘shimcha qildi bosh vazir.

Ma’lum bo‘lishicha, 9 iyul kuni ittifoqchilarning Rossiyaga qarshi 18-paket muhokamalari Slovakiya sabab yana bir bor barbod bo‘lgan.

Kiritildi: 23:15 13.07.2025. O'qildi: 1080 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!