Agar Oyatullohlar xatoga yo‘l qo‘yib, Isroilga hujum qilsalar, ular tasavvur ham qila olmaydigan javobga duch kelishadi.
Bosh vazir Benyamin Netanyaxu bu qattiq ogohlantirishni Isroil armiyasi kursantlari uchun o‘tkazilgan bitiruv marosimida Eron rahbariyatiga yetkazgan.
Netanyaxu Isroil Eron tahdidiga qarshi kurashishda o‘zining asosiy ittifoqchisi Qo‘shma Shtatlar bilan yelkama-elka harakat qilayotganini ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan hafta Vashingtonda AQSh prezidenti Donald Tramp bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda u Isroilning Eron bilan har qanday muzokaralarning asosiy tamoyillari bo‘yicha pozisiyasini bayon qilgan.
So‘nggi kunlarda mintaqadagi keskinlik sezilarli darajada oshdi. AQSh mintaqaga katta miqdordagi dengiz va havo kuchlarini joylashtirdi, bu 2003 yildan beri Amerika kuchlarining eng katta joylashtirilishi bo‘lgani aytilmoqda. AQSh va Eron so‘nggi haftalarda yadroviy muzokaralarning ikki bosqichini o‘tkazgan bo‘lsa-da, Oq uy ikki tomon kelishmovchilikda qolishini aniq aytdi. Tramp kecha Eron bo‘yicha keyingi o‘n kun ichida qaror qabul qilinishini kutishini aytdi.