Bugun 11 avgust, 2025 yil, dushanba

КИР

Netanyahu G‘azo sektoridagi urushni yakunlash bo‘yicha besh bandlik reja taqdim etdi

Netanyahu G‘azo sektoridagi urushni yakunlash bo‘yicha besh bandlik reja taqdim etdi

Bu haqda DW nashri xabar bermoqda.

Isroil bosh vaziri o‘z rejasini Quddusda xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari uchun o‘tkazilgan matbuot anjumanida taqdim etdi.

“Urushni yakunlash uchun besh tamoyil” deb nomlangan reja HAMASni qurolsizlantirish, barcha isroillik garovdagilarni ozod qilish, G‘azo sektorini to‘liq qurolsizlantirish va mintaqada hokimiyatni “isroillik bo‘lmagan tinch fuqarolik ma’muriyati” qo‘liga topshirishni nazarda tutadi, deya xabar bermoqda nashr.

Rejaga ko‘ra, Binyamin Netanyahu rahbarligidagi Isroil hukumati G‘azoda xavfsizlik uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi.

"G‘azo shahri ustidan nazoratni qo‘lga olish urushni tugatishning eng yaxshi yo‘li va buni tezroq amalga oshirishning eng maqbul usuli. Boshlagan ishimizning oxiriga yetish va HAMASni butunlay tor-mor etishdan boshqa ilojimiz yo‘q", — deya o‘z rejasiga izoh berdi Isroil hukumati rahbari.

Shu bilan birga, Netanyahu Isroil G‘azo sektorida “xavfsiz yo‘laklar” va yangi yordam punktlarini ochishga va’da berdi.

"Bizning maqsadimiz G‘azoni bosib olish emas, balki uni ozod qilishdir", — deya qo‘shimcha qildi Netanyahu.

Kiritildi: 23:05 10.08.2025. O'qildi: 828 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!