Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Nazorat inspektori avtotransport haydovchisidan nimalarni talab qilish vakolatiga ega?

Nazorat inspektori avtotransport haydovchisidan nimalarni talab qilish vakolatiga ega?

AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Transport vazirligi inspektorlarining qanday vakolatga egaliklari haqida ma’lumot berildi.

🔹avtotransport vositasining oldiga kelishi, familiyasini, lavozimini aytib haydovchiga o‘zini tanishtirishi, haydovchining talabiga ko‘ra xizmat guvohnomasini ko‘rsatishi;

🔹haydovchilarga ularning huquqlarini tushuntirishi;

🔹shaxsning huquq va qonuniy manfaatlariga qat’iy rioya qilishi, o‘z xizmat vazifasini aniq bajarishi, haydovchiga nisbatan madaniyatli muomalada bo‘lishi lozim;
 
🔹spektor avtotransport vositasining lisenziya kartochkasini ko‘zdan kechiradi;

🔹Nazoratni amalga oshirishda lisenziya kartochkasi mavjud bo‘lmagan taqdirda, inspektor tomonidan tegishli bayonnoma tuzadi.

⚠️O‘zbekiston hududida xalqaro avtomobillarda tashuvlarni amalga oshirish shartlariga rioya etilishini nazorat qilishda inspektor tomonidan quyidagilar tekshiriladi:

▫️yo‘lovchilar, bagaj va yuklarni muntazam va nomuntazam tashish uchun ruxsat beruvchi hujjatlar;

▫️harakat jadvaliga rioya qilinishini;

▫️nomuntazam xalqaro avtomobilda yo‘lovchilar va bagaj tashishlarda yo‘lovchilar ro‘yxati mavjudligini;

▫️O‘zbekiston hududida xorijiy davlatlarga tegishli bo‘lgan avtotransport vositalarida yo‘lovchilar, bagaj yoki yuklarni tashish, shu jumladan O‘zbekiston hududiga vaqtinchalik keltirilgan xorijiy davlatlar avtotransport vositalarida tashishlarni (kabotaj tashishlarni) amalga oshirishda xalqaro shartnomalar shartlariga rioya etilishini;

▫️xorijiy davlatlarga tegishli bo‘lgan avtotransport vositalarining O‘zbekiston hududiga belgilangan o‘tish punktlari orqali kirib kelganligini.

Shuningdek, Nizomda talablar buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishi belgilab qo‘yilgan.

Kiritildi: 18:55 03.03.2021. O'qildi: 3543 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!