Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Navoiylik fuqaro pulini to‘lagan bo‘lsa-da, "Gentra" mashinasini ololmayotganligidan shikoyat qildi

Navoiylik fuqaro pulini to‘lagan bo‘lsa-da, "Gentra" mashinasini ololmayotganligidan shikoyat qildi

2022 yil 8 yanvar kuni O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federasiyasining “Ishonch telefoni”ga Uchquduq tumanida yashovchi fuqaro A.Alimov shikoyat bilan murojaat qilgan.

Fuqaro o‘z murojaatida “Gentra” avtomashinasi sotib olish uchun avtosalonga 40 500 000 so‘m miqdorida mablag‘ to‘lagan bo‘lsa-da, xizmat ko‘rsatuvchi korxona tomonidan avtomashina yetkazib berilmayotganidan noroziligini bayon qilgan.

Murojaat Navoiy shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqilishi natijasida shu kunning o‘zidayoq fuqaroga “Gentra” avtomashinasi yetkazib berildi.

Yana bir murojaat Chust tumanida yashovchi fuqaro M.M tomonidan kelgan bo‘lib, qayd etilishicha, fuqaro 2021 yilning aprel oyida xonadoniga zamonaviy Akfa eshik-romlari o‘rnatish maqsadida tuman markazida faoliyat yuritayotgan “ATLAS AKFA” xususiy korxonasi bilan umumiy qiymati 17. 500 000 so‘m shartnoma tuzgan bo‘lib, unga ko‘ra buyurtmachi kelishilgan summaning 15. 500 000 so‘m miqdorini oldindan to‘lab berishni, qolgan 2. 000 000 so‘m miqdorini ish-xizmat bajarib bo‘lingandan so‘ng to‘lab berish majburiyatini oladi. Bajaruvchi korxona rahbari A.A. 15. 500 000 so‘m to‘lovni qabul qilib olgan kundan boshlab 20 kun ichida buyurtmani yuqori sifatda bajarib o‘rnatib berishlik majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.

Fuqaro (iste’molchi) M.M. kelishuvga ko‘ra 15. 500 000 so‘m to‘lovni oldindan bajaruvchiga to‘lab beradi, bajaruvchi korxona esa ish-xizmatni kelishuvda belgilangan muddatdan kechiktirib bajarib beradi. Bajarilgan ish-xizmatdagi nuqsonlarni ko‘rib ranjigan fuqaro nuqsonlarni ko‘rsatib, tadbirkordan ish-xizmatdagi nuqsonlarni bartaraf qilib berishni talab qiladi, tadbirkor kamchiliklarni bartaraf etishga rozi bo‘ladi, biroq oradan ancha vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, hech qanday o‘zgarish bo‘lmaganidan norozi ekanini aytib o‘tgan.

Murojaat o‘rganilishi natijasida muammo iste’molchi foydasiga ha etilishiga erishildi

Kiritildi: 09:05 27.01.2022. O'qildi: 4981 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!