Qashqadaryo viloyatida yashovchi (ayol) K.G. murojaat qilib, o‘zining rasmlari noma’lum shaxs tomonidan telegram messenjerida tarqatib yuborganligini ma’lum qilgan.
Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Navoiy viloyatida yashovchi A.Z. sodir etganligi aniqlangan.
Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan A.Z., telegram messenjerida jabrlanuvchi (ayol) K.G.ning profilidan u joylashtirgan fotosuratlarini yuklab olgan va ularga maxsus dasturlardan foydalanib ishlov bergandan so‘ng
telegram messenjeri va odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘ida uning nomidan soxta profillar yaratib, internet foydalanuvchilariga intim xizmat ko‘rsatishini aytgan holda aldov yo‘li bilan bank kartalaridagi pullarini o‘zlashtirib, qing‘ir yo‘llar bilan boylik orttirib kelayotganligi ma’lum bO‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan A.Z.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 141/3-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.