Bugun 12 sentyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Navoiydagi konda shina portlashi oqibatida ikki ishchi halok bo‘ldi

Navoiydagi konda shina portlashi oqibatida ikki ishchi halok bo‘ldi

Navoiy kon-metallurgiya kombinatining “Pistali” konida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa oqibatida ikki nafar ishchi halok bo‘ldi. Bu haqda “NKMK” AJ matbuot xizmati ma’lum qildi.

Hodisa 10 sentyabr kuni soat 15:00 larda “Qizilqum” kon boshqarmasi Avtomobil transporti boshqarmasining “Pistali” 1-transport sexida foydalanilgan avtomobil shinalarini saqlash maydonida sodir bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, quvur tashuvchi avtomashina tirkamasida shinomontaj ishlarini bajarish vaqtida shina portlagan. Oqibatda ikki nafar ishchi-xizmatchi vafot etgan.

Holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Shuningdek, nazorat qiluvchi davlat tashkilotlari baxtsiz hodisaning sabab va sharoitlarini o‘rganmoqda.

Kombinat bunday hodisalarning oldini olish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilayotganini bildirdi.

Kiritildi: 16:11 11.09.2026. O'qildi: 977 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!