Toshkentdagi Yunus Rajabiy uy-muzeyi 14 sentyabrdan yopiladi.
Madaniy meros agentligiga ko‘ra, bino kapital ta’mirlash va modernizasiya qilish uchun 8 oyga o‘z faoliyatini to‘xtatadi.
Bu davrda muzey eksponatlari xatlovdan o‘tkazilib, isitish-sovitish va muhandislik tizimlari to‘liq yangilanadi.
Muzey zamonaviy standartlar asosida qayta jihozlanib, 2027 yil 30 maydan tashrif buyuruvchilar uchun yana ochiladi.