Bugun 11 sentyabr, 2026 yil, juma

КИР

Germaniyada so‘nggi 74 yil ichidagi eng kuchli zilzila sodir bo‘ldi

Germaniyada so‘nggi 74 yil ichidagi eng kuchli zilzila sodir bo‘ldi

Germaniyaning janubi-g‘arbiy qismida 3,3 dan 3,4 magnitudali zilzilalar qayd etildi. Bu haqda Yevropa-O‘rta yer dengizi seysmologiya markazi o‘z veb-saytida xabar berdi.

Seysmologlarning ma’lumotlariga ko‘ra, zilzilalar mahalliy vaqt bilan soat 17:27 da (Toshkent vaqti bilan soat 20:27) qayd etilgan. Zilzila episentri sakkiz kilometr chuqurlikda joylashgan.

Episentr 300 mingdan ortiq aholiga ega Mangeym shahridan atigi 11 kilometr uzoqlikda joylashgan. Seysmik asboblar shuningdek, Frankfurt-Mayndan 63 kilometr janubda yer tebranishlarini ham qayd etgan.

Bu zilzila Germaniyada 74 yil ichida eng kuchli zilzilalardan biri bo‘lgan.

Kiritildi: Bugun 14:30. O'qildi: 131 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!