Saudiya Arabistoni armiyasi pozisiyalarini egallaganini aytgan husiylardan biri keyingi maqsad Makkani Saudiya hukumati nazoratidan chiqarish ekanini bildirdi.
«Oli Saud oilasi shuni bilsinki: ular xalqimizga nisbatan zulm va diktaturani davom ettirar ekan, shafqatsiz urush olib boramiz. Biz ularni kutib turibmiz. Alloh bizga g‘alaba beradi. Allohu akbar!»
Bu bayonot Husiylar va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi keskinlik yanada kuchaygan bir paytda yangramoqda. Husiylar so‘nggi kunlarda Yamanning Qizil dengiz sohili bo‘ylab janubga siljib, Moxa, Dubab va strategik Perim oroli tomon harakat qildi. Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, bu ularni Bab-al-Mandeb bo‘g‘ozi ustidan nazorat o‘rnatishga yanada yaqinlashtirgan.