Bugun 25 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

Navoiydagi konda “BelAZ” bosib qolishidan avtomobildagi ikki kishi halok bo‘ldi

Navoiydagi konda “BelAZ” bosib qolishidan avtomobildagi ikki kishi halok bo‘ldi

❗️Ijtimoiy tarmoqlarda «Muruntov» koni hududida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi.

Joriy yilning 21 iyul kuni soat 05:30 larda mazkur kon hududida avtotransport vositasi va xizmat avtomashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Hodisa oqibatida 2 nafar ishchi-xodim vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, nazorat qiluvchi davlat tashkilotlari tomonidan maxsus tekshiruv o‘tkazilib, yo‘l-transport hodisasining sodir bo‘lish holatlari hamda kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.

Kombinatning mas’ul xizmatlari tomonidan bunday noxush hodisalarning oldini olish, mehnat va harakat xavfsizligini yanada ta’minlash maqsadida qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Vafot etganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz.

Kiritildi: 11:06 22.07.2026. O'qildi: 1734 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!