Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Navoiyda YPX xodimini haqoratlagan erkakka jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Navoiyda YPX xodimini haqoratlagan erkakka jinoiy ish qo‘zg‘atildi

2022 yil 22 yanvar kuni soat 12:20 larda, Navoiy viloyati, Navbahor tumani hududidan o‘tuvchi A-379 avtomobil yo‘lining 3-kilometrida YPX xodimi D.Toshov tomonidan "Matiz" rusumli avtomobil haydovchisi to‘xtatilgan.

Tekshiruv davomida haydovchi yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanishi, uning yonida kunlik yo‘l varaqasi mavjud emasligi ma’lum bo‘lgan. Shundan so‘ng, YPX xodimi tomonidan haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzilib, avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga olib ketilayotgan vaqtda, haydovchi, 1993 yilda tug‘ilgan A.T. YPX xodimiga faol qarshilik ko‘rsatgan va tortishuvli vaziyat yuzaga kelgan.

Holat sodir bo‘lgan joyga tuman IIB tezkor-tergov guruhi va prokuratura xodimlari chiqib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgandi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga ko‘ra, Navoiy viloyatida YPX xodimining o‘z xizmat vazifasini bajarishiga qarshilik ko‘rsatib, turli uyatli so‘zlar bilan haqoratlagan fuqaro A.T.ga nisbatan Navbahor tuman prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 140-modda (haqorat qilish)si 3-qismi "a" bandi hamda 219-modda (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish)si 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ushbu fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Prosessual Kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 13:10 23.01.2022. O'qildi: 4249 marta. Fikrlar soni: 5 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!