Bugun 19 yanvar, 2026 yil, dushanba

КИР

Navoiyda yana bir yo‘lovchi avtobusi ag‘darilib ketdi

Navoiyda yana bir yo‘lovchi avtobusi ag‘darilib ketdi

Joriy yilning 17 yanvar kuni soat 07:00larda Navoiy viloyati Tomdi tumani hududidan o‘tgan A-379 «Navoiy-Uchquduq» xalqaro ahamiyatga molik avtomobil yo‘lining 189-190 kilometrlari oralig‘ida «ZHONG TONG BUS» rusumli avtobus «Navoiy-Zarafshon» yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelib boshqaruvni yo‘qotgan. Natijada yo‘lovchi avtobus yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lni qarama-qarshi tomoniga ag‘darilib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

Hodisa natijasida ikki nafar fuqaro jabrlangan va ular Zarafshon shahar tibbiyot bo‘limiga etkazilgan.

Viloyat IIB JXX YHXB Axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, hozirda holat yuzasidan JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Rasmiy xabarda avtobus salonida necha kishi bo‘lgani va jabrlanganlarning keyingi ahvoli haqida ma’lumot keltirilmagan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 5 yanvarida ayni Tomdi tumanida yo‘lovchi tashuvchi avtobusning ag‘darilib ketishi oqibatida 2 kishi vafot etgan va 9 kishi jabrlangan edi.

Achinarlisi esa har ikki holat «Navoiy-Uchquduq» xalqaro ahamiyatga molik avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan.

Kiritildi: Bugun 20:08. O'qildi: 213 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!