Trillion dollarlik harbiy byudjetga ega AQSh zamonaviy urushga tayyor emas — The New York Times. "Qo‘shma Shtatlarning harbiy soha uchun yiliga qariyb 1 trillion dollar xarajat qilishi va Tehrondagi minglab nishonlarga zarba berishiga qaramay, Tehron hujum qilish qobiliyatini saqlab qoldi. Shuningdek, Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini o‘z nazoratiga olib, muzokaralardagi pozisiyasini mustahkamladi", deyiladi maqolada.
NYT ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh armiyasi arzon dronlar oldida ojiz, mudofaa sanoati esa zarur qurol-yarog‘ ishlab chiqarish hajmini tezkorlik bilan oshirish imkoniga ega emas.