Bugun 1 may, 2026 yil, juma

КИР

Ko‘chmas mulk xatlanishi ortidan yirik qarz bartaraf etildi

Ko‘chmas mulk xatlanishi ortidan yirik qarz bartaraf etildi

Majburiy ijro byurosinin Toshkent viloyat boshqarmasi Alohida muhim ijro ishlarini ijro etish sho‘’basi ish yurituviga Fuqarolik ishlari bo‘yicha O‘rtachirchiq tumanlararo sudining 17.11.2025 yildagi ijro hujjati 12.01.2026 yilda kelib tushgan va shu kuni ijro ishi qo‘zg‘atilgan.

Ijro hujjatiga asosan qarzdor “V.G.” MCHJdan undiruvchi bank foydasiga 3 206 395 351 so‘m qarzdorlik undirish hamda undiruvni garovga qo‘yilgan noturar binoga qaratish belgilangan.

Qonun talablariga muvofiq, qarzdorga qarzni ixtiyoriy ravishda qoplash uchun muddat berilgan. Biroq belgilangan muddatda qarzdorlik bartaraf etilmagani sababli majburiy ijro harakatlari amalga oshirildi.

Garov mulki sifatida qayd etilgan noturar bino, belgilangan tartibda auksion savdosiga chiqarilib, sotilgan va sotuvdan tushgan pul mablag‘laridan 3 206 395 351 so‘m miqdoridagi qarz to‘liq undirilib, mablag‘ undiruvchi foydasiga o‘tkazildi.

Hozirgi kunda ijro ishi amaldagi qonunchilik talablariga asosan tamomlangan.

Kiritildi: Bugun 19:23. O'qildi: 419 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!