Bugun 5 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Navoiyda yerfurushlarning "homiysi" bo‘lgan Davlat kadastrlar palatasi xodimi qo‘lga tushdi

Navoiyda yerfurushlarning "homiysi" bo‘lgan Davlat kadastrlar palatasi xodimi qo‘lga tushdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda IIVning Navoiy viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Karmana tumanida 15 sotix yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan firibgarlar va ularning sherigi ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Fuqarolar S.B. va S.X. fuqaro B.ga Karmana tumani “Nurafshon” MFY hududidan 15 sotix bo‘sh yer maydonini kadastr bo‘limida ishlovchi “A.” ismli tanishi orqali rasmiylashtirib berish orqali 90 mln so‘mga sotishga kelishib, evaziga 8 300 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlanishgan. S.X.ning ko‘rsatuviga asosan davom etgan tadbirda, Davlat kadastrlar palatasi Karmana tumani filiali kadastr muhandisi vazifasida ishlovchi A.E. o‘z xizmat xonasida 900 ming so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 17:47 05.08.2022. O'qildi: 4000 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!