Bugun 26 sentyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Seul Kiyevni maxfiy kelishuvni oshkor qilganlikda aybladi

Seul Kiyevni maxfiy kelishuvni oshkor qilganlikda aybladi

Janubiy Koreya prezidenti Li Chje Men Ukraina Shimoliy Koreyalik ikki harbiy asirning Janubiy Koreyaga topshirilgani haqidagi ma’lumotni oshkor qilganidan afsusda ekanini bildirdi.

Li Chje Menning ta’kidlashicha, Ukraina bilan ushbu harbiy asirlarni Janubiy Koreyaga maxfiy tarzda topshirish bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ma’lumotning oshkor qilinishi diplomatik munosabatlar, milliy xavfsizlik va Koreya yarimorolidagi vaziyatga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Bu bayonot Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasidagi nutqi chog‘ida Ukraina yaqinda Shimoliy Koreyaning ikki nafar harbiy asirini Janubiy Koreyaga yuborganini ma’lum qilganidan bir kun o‘tib yangradi.

Janubiy Koreya prezidentining bayonotlariga Ukraina tomoni ham munosabat bildirdi. Ukraina prezidenti ofisidagi RBK-Ukraina manbasiga ko‘ra, Kiyev asirlarni topshirish faktini sir saqlash majburiyatini olmagan.

Manba ta’kidlashicha, Ukraina maxfiy ma’lumotlarni oshkor qilmagan, faqat Shimoliy Koreyalik ikki harbiy Janubiy Koreyaga topshirilgani haqida xabar bergan.

Kiritildi: Bugun 08:49. O'qildi: 1014 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!