Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi brakonerlarning ekologiya xodimiga kuch ishlatgani bo‘yicha ma’lumot
Navoiy viloyati IIBning ma’lum qilishicha, Qiziltepa tumani IIB tomonidan holat bo‘yicha o‘rganishlar olib borilib, videodagi fuqarolarning shaxsi aniqlangan. Ular IIBga olib kelingan.
Surishtiruv davomida Buxoro viloyatidan kelgan 5 nafar fuqaro “To‘dako‘l” suv havzasi hududiga ov qilish uchun kirgan va shu yerda xizmat vazifasini bajarayotgan ekologiya boshqarmasi xodimi I.X.ning qonuniy talablariga bo‘ysunmay, unga nisbatan kuch ishlatgan.
Avtomashina yukxonasi ko‘zdan kechirilganda 1 ta yovvoyi quyon, 2 ta yovvoyi o‘rdak, saqlash uchun ruxsatnomasi mavjud 4 ta ov quroli topilgan.
Hozirda Qiziltepa tumani IIB tomonidan barcha zarur ekspertizalar tayinlangan bo‘lib, holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda.